
Iqtisod
Senatning uchinchi yalpi majlisida “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilingan edi. Qonunchilik palatasi uni 2024-yil 13-avgust kuni qabul qilgan. Unga koʻra, endi bir mijoz bir tijorat bankiga qoʻygan mablagʻining kafolatlanadigan miqdori 200 million soʻmni tashkil etadi.
Davlat jismoniy va yuridik shaxslarning depozitlarini 200 million soʻmgacha kafolatlaydi – jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari davlat tomonidan himoyalanadi. Ya'ni, bunda omonatchi 10 ta bankda 200 mln soʻmdan jami 2 mlrd soʻm pulini kafolatlashi mumkin.
Markaziy bank qayd etishicha, mazkur Qonun loyihasi Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida bu boradagi qonunchilikni hozirgi kun talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Xalqaro tajriba boʻlsa, quyidagi raqamlarni koʻrsatadi:
Avval faqat fuqarolarga tatbiq etilgan kafolat endilikda biznes uchun ham amal qiladi. Omonatni qaytarish muddati 83 kundan 7 kungacha kamaytiriladi. 2026-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab 15 kun, 2027-yil 1-yanvardan esa 7 kun boʻladi.
Taʼkidlanishicha, Omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etilgan boʻlib, bank tizimidagi barqarorlikni taʼminlash uchun yangi institut ish boshlaydi. 99,7% omonatchilarning mablagʻlari toʻliq himoyalanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q