Ilm-fan
Ayollar erkaklarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt oʻtkazadi.
GWI maʼlumotlariga koʻra, 16 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan ayollar hozirda ijtimoiy platformalardan foydalanishda kuniga oʻrtacha 3 soatga yaqin vaqt sarflaydi. Agar mazkur koʻrsatgich ikki yil avvalgisi bilan solishtirilsa, bu yoshdagi ayollarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgan vaqti 12 minutga qisqarganini koʻrish mumkin.
Xuddi shu yoshdagi erkaklar ham hozirgi kunga kelib soʻnggi ikki yil oldingi sotsial tarmoqdagi faolligini 12 daqiqaga qisqartirgan. Biroq shunday boʻlsa-da, erkaklar va ayollarning bu jarayondagi 25 minutlik tafovuti oʻzgarmagan.
Jadvalning ikkinchi tomoniga qaralsa, 55 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan ayollar bugungi kunda ikki yil oldingiga qaraganda koʻproq ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini bilib olish mumkin.

Maʼlumotda yozilishicha, soʻnggi 24 oy ichida mazkur yoshdagi ayollarning kundalik ijtimoiy media faolligiga 6 daqiqani qoʻshilgan. Xuddi shu yosh guruhidagi erkaklarniki esa, aksincha oʻrtacha 4 daqiqaga qisqargan.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112426
Jamiyat
95084
Jamiyat
91302
Jamiyat
76002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q