![](/storage/posts/February2025/XMmmc2ovkXf537TJ2U3o-small.jpg)
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Yigʼilishda aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda nafaqat sport, balki toʻgʻri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlarga koʻra, Oʼzbekiston aholisining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.
Aholi oʻrtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar isteʼmoli keskin kamayib, tuz va shakar isteʼmoli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bogʻliq muammo bor. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar erta oʻlimga sabab boʻlmoqda.
Shu bois, mutasaddilarga sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻiboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bu yoʻnalishda xalqchil va taʼsirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi taʼkidlandi.
Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qoʻyish zarurligi, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta koʻrib chiqib, bugungi zamon talablariga moslashtirish muhimligi koʻrsatildi.
Yigʻilishda mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlari, sport sohasi vakillarining takliflari tinglandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q