Pul zoʻravonlikni kamaytiradi

Saqlash
16:45 / 07.02.2025 69 0

Iqtisodiy qiyinchiliklarni yengish uchun beriladigan yordam pullari jamiyatdagi zoʻravonliklarni kamaytirishi isbotlandi.

 

Tadqiqotlarga koʻra, zoʻravonlik bilan ishsizlik, cheklangan taʼlim imkoniyatlari, kam daromad qilish va gender tengsizliklari kabi ijtimoiy-iqtisodiy determinantlar oʻrtasida kuchli bogʻliqlik bor.

 

Bundan tashqari, jinsiy zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish kabi illatlarning tag zamirida ham moddiy tomondan qoniqmaslik yotadi.

 

Mutaxassislar shu sababli ham ijtimoiy himoya dasturlari yuqorida sanab oʻtilgan jinoyat va zoʻravonliklarning kamayishida muhim omil hisoblanadi degan xulosaga kelgan.

 

Ularning fikricha, haddan tashqari iqtisodiy umidsizlikka duchor boʻlgan shaxslar yaxshiroq sharoitda yashayotganlarni koʻrgach, oʻzlarini solishtiradi. Oqibatda nafrati ortadi. Bu nafrat taʼsirida yo oʻzlariga yoki hashamatli hayotda yashayotgan odamlarga nisbatan tajovuzkorligi ortib ketadi.

 

Kambagʻal oilalarga koʻrsatilgan moddiy yordam esa ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni kamaytiradi. Oila bu pullarga isteʼmol mahsulotlarini sotib olishi, bu bilan stressni yengib oʻtirishi va hatto oiladagi zoʻravonlikni kamaytirishi mumkin.

 

Bundan ham achinarlisi, oʻz joniga qasd qilganlarning koʻchiligi iqtisodiy qiyinchiliklarga duchor boʻlganlar hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//