 
                   
                    Iqtisod
Oʻzbekiston savdo muvozanatini saqlash uchun Afgʻonistondan koʻmir import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi “Tolibon” Sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan Kobulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda mamlakat afgʻon koʻmirini import qilishga tayyorligini bildirgan. Ikki mamlakat xususiy kompaniyalari 4,5 million dollarlik savdo shartnomalarini imzolagan.
“Tomonlar savdo imtiyozlari masalalarini, Afgʻonistonning Samangon viloyatida sement zavodi qurish va birgalikda koʻrgazmalar oʻtkazish mavzularini muhokama qildi”, – deyiladi xabarda.
2025-yil may oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻonistonga tashrif buyurib, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar oʻtkazgandi. Oʻshanda yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq koʻmir sotib olish uchun texnik guruh kelishi taʻkidlangan edi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q