Ishsiz fuqarolar 35 turdagi bozori chaqqon kasblarga bepul oʻqitiladi (roʻyxat)

Saqlash
11:48 / 27.01.2025 243 0

Ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar vaucher tizimi orqali 35 turdagi bozori chaqqon kasblarga bepul oʻqitiladi.

 

“Kasblarni xohlang davlat, xohlang nodavlat oʻquv markazlarida oʻrganing, vaucher hammasiga oʻtadi” deydi Bandlik vazirligi xodimi.

 

Mazkur tizim joriy yilning 1-fevralidan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.

 

1-maygacha esa barcha respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

 

Bunda yosh chegarasi chegaralanmagan. Vaucher tizimi uchun ham hech qanday haq olinmaydi. Oʻqish jarayoni qancha muddat davom etishidan qatʼiy nazar, xarajatlar 100 foiz toʻlab beriladi.

 

“Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tomonidan toʻlovning dastlab 50 foizi oʻqish boshlanganida, qolgan yarmi sertifikat olinganda oʻquv markaziga toʻlanadi”, deyiladi xabarda.

 

Vaucherning olish uchun nima qilish kerak?

 

Buning uchun talabgor tuman yoki shahardagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga uchrashadi. Shundan soʻng fuqaroning telefoniga havola yuboriladi. Talabgor ana shu havola orqali QR-kodli vaucherni yuklab olishi mumkin.

 

Yuklash yakunlangach mazkur elektron vaucher oʻquv markaziga taqdim qilinadi.

 

Hisob-kitob ishlari oʻquv markazi va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi oʻrtasida amalga oshiriladi.

 

Maʼlumot uchun, vaucher qaysi viloyatdan olingan boʻlsa, oʻsha hududdagi oʻquv markazlari uchun amal qiladi.

 

“Masalan, Toshkent viloyatidan olgan boʻlsangiz, poytaxtning istalgan tumanidagi oʻquv markazlariga oʻtadi”, deyiladi maʼlumotda.

 

Vaucher asosida bepul oʻqitiladigan til va kasblar roʻyxati quyida keltirilgan:

1. Kompyuter grafikasi mutaxassisi;

2. Kompyuter texnikasi montajchisi;

3. Interyer dizayner;

4. Marketing boʻyicha mutaxassis;

5. Merchendayzer (reklama qiluvchi);

6. Kontent — menejer;

7. AutoCad dasturi;

8. Logistika markazlari texnik-operatori;

9. *Call-center operatori;

10. Videomontaj;

11. Buxgalteriya (oʻrta malakali);

12. Kadrlar va maxsus ishlar boʻyicha inspektor;

13. Ayollar sartaroshi;

14. Erkaklar sartaroshi;

15. Fotograf;

16. Kinooperator;

17. Gid-sayohatchi;

18. Surdotarjimon;

19. *Ofitsiant;

20. Karving sanʼati ustasi;

21. Zargar (modeler);

22. Vizajist (stilist-kosmetolog);

23. Massajchi;

24. *Navbatchi mexanik;

25. *Kran mashinisti;

26. *Konditsiyalash va shamollatish sistemasini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha chilangar;

27. *Qozonxona ishchisi;

28. Maishiy texnikalarni chilangar-yigʻuvchisi;

29. Payvandlovchi (3-MT boʻyicha barcha turdagilar);

30. Chilangar-santexnik;

31. Tokar;

32. Elektromontyor;

33. *Betonchi;

34. Avtomobillarni taʼmirlovchi chilangar;

35. Nemis tili.

 

Eslatma! “*” belgisi qoʻyilgan 7 ta kasbga ish beruvchi tomonidan buyurtma berilganida oʻqitiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//