Jamiyat
24–26-yanvar kunlari uchun ob-havo maʼlumoti maʼlum qilindi.
Unga koʻra, bugun respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 3-8 daraja iliq, janubiy hududlarning baʼzi joylarida 10-12 daraja iliq boʻladi. Shamol tezligi ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Dam olish kunlari respublikamizdan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika boʻylab havo harorati koʻtarilishi fonida quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Ertaga kechasi havo harorati 2–7 daraja sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7–12 daraja iliqqacha koʻtarila boshlaydi. Yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq–3 daraja iliqqacha, kunduzi 9–14o daraja iliqqacha koʻtariladi.
24–25-yanvarda baʼzi joylarda shamol 13–18 m/s gacha tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.
Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5–7 daraja iliqqacha koʻtariladi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 3–5 daraja sovuq, kunduzi 8–10 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0–2 daraja iliqqacha, kunduzi 11–13 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q