Iqtisod
Bank 2025-yil uchun oʻsish prognozini 5,8 foiz, 2026-yil uchun esa 5,9 foiz etib belgilagan. Bu Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng yuqori koʻrsatkichlardan biri.
Jahon banki global iqtisodiyot va alohida mintaqalar, jumladan, Yevropa va Markaziy Osiyo uchun tendensiyalar, prognozlar va xavflarni tahlil qiluvchi “Global iqtisodiy istiqbollar” hisobotining soʻnggi nashrini eʻlon qildi.
Bank iqtisodchilarining baholariga koʻra, Oʻzbekiston YAIMi oʻsishi 2024-yil oxirida 6 foizni tashkil etgan. Tashkilotning Oʻzbekistonga 2025-yil uchun prognozi 5,8 foizni, 2026-yil uchun esa 5,9 foizni tashkil etadi, bu YeMO mintaqasidagi davlatlar orasida eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Ushbu bashoratlar bankning oktabr oyidagi avvalgi prognoziga mos keladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumati 2024-yilda iqtisodiy oʻsishni 6,5 foiz — 115 milliard dollargacha baholagan edi. 2025-yilda YAIM oʻsishi prognozi 6 foizni tashkil etishi, inflyatsiya 7−8 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q