Siyosat
Ahror G‘ulomov Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning o‘rinbosari — viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar ushba lavozimda ishlab kelgan Yo‘ldosh Jumaev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.
Ahror G‘ulomov 1970 yil 20 dekabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996 yilda Toshkent davlat universiteti, 2006 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1996 yilda G‘ijduvon tumanidagi 1-sonli maktab o‘qituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik «Biotexmed» MChJ mutaxassisi (1997–2001), Yakkasaroy tovar ishlab chiqaruvchilar markazi rahbari (2002), Yakkasaroy tumani tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi (2003–2005), Yakkasaroy tumani statistika bo‘limi boshlig‘i (2005–2007), Yakkasaroy tumani hokimiyati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (2007–2008), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i (2008–2011) bo‘lib ishlagan.
2011–2013 yillarda O‘zbekiston Mahalla xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linma boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab, so‘ng Mahalla xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari (2013–2015), shu xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi (2015–2017), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari (2017–2020) lavozimlarida ishlagan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q