Oʻzbekistonlik oʻquvchilar global muammoga yechim taklif qildi

Saqlash
10:27 / 15.01.2025 157 0

Kecha, 14-yanvar kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

 

Bu galgi sammit kun tartibiga “yashil” iqtisodiyot sohasida barqaror taraqqiyotni taʼminlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

 

Maʼlumot uchun, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi”, bu – 2008-yilda BAA hukumati va “Masdar” kompaniyasi tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi global muammolarni hal etish uchun tashkil etilgan xalqaro platforma. Forumning maqsadi jahonda barqaror taraqqiyotni jadallashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishga koʻmaklashish, oziq-ovqat va suv xavfsizligini taʼminlash, energiya tejamkorligi va karbonsizlantirishni ilgari surishdan iborat.

 

Mazkur forum doirasida Amirliklar asoschisi – marhum Shayx Zoid Ol Nahayon nomi bilan ataluvchi barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlar uchun mukofot bilan taqdirlash marosimi ham oʻtkaziladi.

 

Bu safargi mukofotning “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi gʻolib deb topilgan.

 

Maktab oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomgʻir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi bilan gʻalabani qoʻlga kiritgan.

 

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning shaxsan oʻzi tanlov gʻoliblariga mukofotni topshirgan.

 

Shavkat Mirziyoyev ham maktab vakillari bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan qizgʻin tabriklagan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//