Sport
2024-yilda shaxmat turnirlarida eng katta mukofot pullarini qoʻlga kiritgan shaxmatchilar roʻyxatini eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2024-yilda hindistonlik Gukesh Dommaraju hamda xitoylik Ding Liren eng koʻp daromad qilgan shaxmatchilar boʻlgan. Ularning har biri oʻtgan yili musobaqalardan 1 mln dollardan pul yutib olgan.
Yil davomida peshqadamlikni bermagan Magnus Karlsen esa shaxmatdan biroz uzoqlashgani sababli daromad topishda liderlik qilolmagan. Biroq, shunday boʻlsa-da, u roʻyxatda 4-oʻrindan joy olgan. Karlsen 2024-yilda qariyb 633 ming dollar pul mukofotini qoʻlga kiritgan.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa ortda qolgan yilda oʻtgan musobaqalarda sal kam 133 ming dollarlik pul mukofotlariga ega chiqqan. Buning uchun u 12 ta asosiy turnirda ishtirok etgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q