Jahon
Hozirda Afrika qitʼasi ikkiga boʻlinib bormoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, uzunligi 3200 km dan ortiq boʻlgan Sharqiy Afrika yorigʻi tobora kengaymoqda va bu kutilganidan ancha tez hisoblanadi. Agar boʻlinish sodir boʻlsa, dunyo xaritasida 6-okean ham hosil boʻladi.
Boʻlinishga sabab tektonik plitalarning harakatlanishi boʻlib, Bunda birinchi sezilarli yoriqlar 2005-yilda Efiopiyada, 2018-yilda esa Keniyada paydo boʻlgan.
2005-yilgi hodisadan soʻng geologlar Afrika ikkiga boʻlinib, sayyorada yangi okean paydo boʻlishini tasdiqlashgan edi. Efiopiya choʻllari orasida uzunligi 56 km dan ortiq boʻlgan yoriqni tahlil qilgan geologlar bu yangi dengizning boshlanishi deya xulosa qilishgan.
Bundan ancha vaqt oldin olimlar qitʼaning boʻlinishi 5-10 million yil davom etadi deb hisoblagan edi, biroq geofizik Sintiya Ebingerning soʻzlariga koʻra, prognozlar 1 million yilga qisqartirilgan va ehtimol undan kamroq vaqt qolgan boʻlishi mumkin.
“Insoniyat davrida hamma narsa nihoyatda uzoq boʻlib koʻrinsa ham, geologiyada bu tez sodir boʻladi”, deydi olim.
Yoriq yiliga 0,8-2,5 sm gacha oʻsib bormoqda, ammo zilzilalar ushbu jarayonni yana tezlashtirishi mumkin. Natijada Somali, Efiopiya, Tanzaniya va Keniyaning bir qismi umumiy holda Afrika sohillarida ulkan orolni hosil qiladi. Ammo bunday salbiy jarayonda bir qancha davlatlar foyda olishi mumkin, Jumladan, Zambiya va Uganda kabi dengizga chiqish imkoni boʻlmagan mamlakatlar qirgʻoq chizigʻiga ega boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q