Sport
Jahon shaxmat federatsiyasi(FIDE) dekabr oyi yakuniga yetgach oʻz reytingini yangiladi. Jahonning 100 nafar eng kuchli grossmeysterlari oʻrin olgan kiritilgan jadvaldan 5 nafar oʻzbekistonlik shaxmatchi ham joy olgan.
Jumladan, Nodirbek Abdusattorov mazkur reytingda 2768 ball bilan 6-oʻrin band qilgan (u avvalgi oyda ham shu oʻrinda edi). Raqamlarga qaralsa, Abdusattorovning ballari dekabr oyida 9 ochkoga kamaygan.
Javohir Sindorov esa 2692 ball bilan roʻyxatning 37-oʻrinida qayd etilgan. Taʼkidlash lozim, u oʻtgan oyda 9 oʻringa yuqorilagan (noyabr oyida 46-oʻrinda edi).
TOP-100 grossmeysterlar reytingida Rustam Qosimjonov 45-oʻrinni egallagan (2683 ball). 2670 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov esa 52-oʻrindan joy olgan. Oldingi roʻyxatda 62-oʻrin turgan Nodirbek Yakubboyev boʻlsa bu oyda 67-oʻringa tushib ketgan. Hozirda uning umumiy ochkosi – 2659 ball.
Maʼlumot uchun, 2004-yil 18-sentyabrda tavallud topgan Nodirbek Abdusattorov 21 yoshga toʻlgani sababli yosh shaxmatchilar reytingidan chiqarildi. Hozirda yoshlar reytingida 3 nafar yosh shaxmatchi Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda. Bular — Javohir Sindarov (3-oʻrin), Muhiddin Madaminov (31-oʻrin), Muhammadzohid Suyarov (68-oʻrin).
Ayollar reytingida esa 1 nafar oʻzbekistonlik (Afruza Hamdamova, 89-oʻrin) kuchli 100 talikka kiritilgan. Yosh qizlar roʻyxatida esa 3 nafar oʻzbek qizi bor. Bular — Afruza Hamdamova (9-oʻrin), Umida Omonova (47-oʻrin), Guldona Karimova (62-oʻrin).
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q