Sport
Futbol muxlislari uchun eng ishonchli jurnalist hisoblanadigan Fabrizio Romano oʻz sahifasida Abduqodir Husanovning atrofida kechayotgan jarayonlar haqida yozib qoldirdi.
Uning taʼkidlashicha, “Manchester Siti” “Lans”ning oʻzbekistonlik markaziy himoyachisini yanvardagi roʻyxatiga qoʻshgan.
“Oʻz pozitsiyasida eng yaxshi iqtidorlardan hisoblanayotgan 20 yoshli markaziy himoyachiga bir nechta top klublar qiziqish bildirmoqda. Poyga ochiq, ”Manchester Siti“ vaziyatdan xabardor”, — deb yozgan insayder.
Bu hali hammasi emas. Hozirda jahonning eng kuchli klubi sifatida taʼriflanayotgan “Real Madrid” ham Husanovni sotib olishi mumkin. Ispan nashrlaridan biri “Fichajes”ning maʼlum qilishicha, “Real Madrid”ning oldidan turgan muhim masalalardan biri bu raqobatbardosh markaziy himoyachini tarkibga qoʻshish boʻlib qolmoqda. Shuning uchun ham klub transfer bozorida Karlo Anchelotti jamoasini kuchaytira oladigan futbolchini izlamoqda.
Madrid klubining bosh skaut Xuni Kalafatning diqqat markazida esa 20 yoshli Abduqodir Husanov ham borligi aytilmoqda. Endilikda Husanovni sotib olish uchun dunyoning eng kuchli “titan” klublari kurash olib borishi mumkin.
Husanovga xaridor boʻlayotgan jamoalar orasida, shuningdek, “Yuventus”, “Inter”, “Napoli”, “PSJ”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Bayer”, “Borussiya D”, “Red Bull Leypsig” kabilar bor.
Qaysi klub boʻlsa ham, Husanov bu yil “Lans”ni tark etadi. Chunki buni klubning bosh direktori Pyerre Dreossi ham tasdiqladi.
“Husanov ketadi. Hozircha yaxshi takliflar boʻlmadi... Agar u ketadigan boʻlsa va taklif yetarli darajada qiziqarli boʻlsa, gap avvalo iqtisodiy balans haqida boradi”, – degan u.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q