Jamiyat
Toshkent metropolitenidan kunlik foydalanuvchilarning soni 1 mln nafarga yetdi. Tashkilot matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, oʻtgan haftaning seshanba–juma kunlari oʻrtacha kunlik yoʻlovchi oqimi 985–995 ming nafarni tashkil etgan. Xabarda 16-dekabr (dushanba) kuni oqim odatdagidan koʻpligi sababli yoʻlovchilar soni 1 mln nafarga yetishi kutilayotgani taʼkidlangan.
Kecha yoʻlovchilar oqimi 1 mln nafarga yetgan. Shu bois “Toshkent metropoliteni” DUK maʼmuriyati “Metrodan foydalangan millioninchi yoʻlovchi” aksiyasini oʻtkazgan. Unda omadli yoʻlovchi aniqlanib, unga esdalik sovgʻasi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q