Iqtisod
Raqobat qoʻmitasi Yandex Go platformasidagi taksi narxlarining yuqorilagani yuzasidan ogohlantirish berdi.
Raqobat qoʻmitasiga holat yuzasidan isteʼmolchilardan murojaatlar kelib tushgan. Qoʻmita platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlarini monitoring qilib, narxlarning keskin oʻzgarishini aniqlagan.
“YandexGo UB” MCHJ qoʻmita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, ushbu mavqedagi xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz mavqeini suiisteʼmol qilishi, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi. shunga koʻra, qoʻmita “YandexGo UB” MCHJni taksi xizmatlari narxini pasaytirish boʻyicha chora koʻrish va platforma narx algoritmini qayta koʻrib chiqishi boʻyicha ogohlantirdi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110000
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73439
Jamiyat
//
Izoh yo‘q