Sport
Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida kurash boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida IX, faxriylar oʻrtasida III jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Bir hafta davom etgan bellashuvlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan kurashchilar jami 72 ta medalni qoʻlga kiritdi (30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza) va umumjamoa hisobda 1-oʻrinni egalladi.
Jumladan, yigirmadan ortiq davlat vakillari qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 32 ta (14 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza) medal yutgan boʻlsa, oʻzbekistonlik faxriy polvonlar 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.

Maʼlumot uchun, 2- va 3- oʻrinlar Moʻgʻuliston (chempionat mezboni) hamda Turkmanistonga nasib qildi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112459
Jamiyat
95125
Jamiyat
91367
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q