Iqtisod
Raqobat qo‘mitasi tovar-xomashyo birjasida Ai-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi, deya xabar bermoqda “Spot”.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning 12-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab Ai-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5 foiz miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqargan benzinning dastlabki narxi bir tonnasi uchun 8 931 005 so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9 377 555,25 so‘mga teng bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q