Madaniyat
Ichan-qal’a davlat qo‘riqxonasi ko‘chalaridagi oqava suv quvurlari o‘tkazilayotgan paytda, XX asr boshida, 1905-yilda qurilgan Matpanaboy madrasasining shimoliy — sharqiy qismida shu davr uchun mo‘ljallangan oqava suvlar ketadigan gumbazsimon gulbadav topildi.
Madaniy meros agentligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, madrasa hujralaridagi adan (to‘shshi)dan chiqqan suvlar hovlidagi markaziy adanga borib tushgan, navbati bilan sopol quvurlar yordamida ko‘chadagi gulbadavga borib quyilgan.
Yana bir qiziqarli jihati, oqava suvlarni chiqarib yuborishning qadimgi tizimi bilan hozirgi zamon suv tizimining o‘rni ancha yillardan so‘ng bir yerda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu joy oynavand qilinib, ikkala tizim bir-biriga qiyoslanib ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q