Rossiyada yangi Koksaki virusi tarqalmoqda

Saqlash
11:04 / 05.11.2024 153 0

Rossiyaliklar farzandlarining maktab va bogʻchalarda yangi Koksaki virusi bilan zararlanayotganidan shikoyat qilmoqda, deb xabar beradi RIA-novosti.

 

Unga koʻra, Moskva va Vladimir viloyati, shuningdek, Krasnodarsk oʻlkasidagi bolalarda oʻxshash simptomlar bilan kasallik holatlari qayd etilgan. Kasallangan oʻquvchilarning ota-onalari virus taʼlim muassasalarida Turkiyada dam olib qaytgan sayyohlar sababli tarqalgan boʻlishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

 

Tarqalgan xabarlardan keyin Rospotrebnadzor Rossiya hududidagi virus bilan bogʻliq vaziyatni nazoratga olganini maʼlum qildi. Unga koʻra, maktab va bogʻchalarda ertalabki filtrlash tartib-qoidalari tashkilot tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu qoidalar isitma, yoʻtal, burun oqishi kabi belgilar tekshiruvini oʻz ichiga oladi. Ulardan birortasi bolada kuzatilsa, oʻquvchi tuzalguniga qadar jamoadan ajratiladi. Tashkilot shuningdek, farzandida virus belgilari boʻlgan ota-onalarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirgan.

 

Koksaki virusi oshqozon-ichak traktida yaxshi koʻpayib, u aseptik meningitning asosiy sabablaridan biri sanaladi. Virus tanada toshma va isitma belgilari bilan kechadi. Infeksiya ifloslangan maishiy buyum, mahsulotlar, suv va havo-tomchi yoʻli bilan yuqishi mumkin. Ayniqsa, 10 yoshgacha boʻlgan bolalar virus bilan zararlanishga moyilroq sanaladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//