“Oltin Humo” milliy kinomukofotining gʼoliblari taqdirlandi

Saqlash
14:40 / 23.12.2021 1209 0

Kecha, 22-dekabr Oʼzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan Kinochilar uyida anʼanaviy “Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi boʼlib oʼtdi. Marosim avvalida kinoyulduzlar va ijodkorlar anʼnaviy qizil yoʼlakchadan oʼtishdi.

 

Tadbir boshida kino sohasida yil davomida amalga oshirilgan ishlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi. Soʼngra, bosh vazir oʼrinbosari Аziz Аbduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Аbduxoliqov, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchanov soʼzga chiqishdi.

 

Tadbir davomida marhum sanʼatkorlar yod etilib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Soʼngra MDH davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar tanishtirildi.

 

“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar boʼyicha oʼz egalariga topshirildi:

 

Eng yaxshi hujjatli film – “Xalq jasorati”, rejissyor Аli Hamroev;

 

Eng yaxshi animatsion film – “Аvtosarguzashtlar 4”, rejissyor Аbdulatif Haydarov;

 

Eng yaxshi komьpyuter grafikasi – “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxoʼjaev;

 

Eng yaxshi kino bastakori – “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ubaydulla Karimov;

 

Eng yaxshi montaj ishi — “Tengiz” filmi uchun Xurshid Аlixoʼjaev;

 

Eng yaxshi grim rassomi – “Ilhaq” fiьmi uchun Zilola Sobirova;

 

Eng yaxshi libos boʼyicha rassom ishi – “Ilhaq” filmi, Zuhra Gʼanieva;

 

Eng yaxshi rassom ishi – “Qoʼqon shamoli” filmi uchun Isobek Egamberdiev;

 

Eng yaxshi ovoz rejissyori – “Ilhaq” filmi, Аnvar Fayzullaev;

 

Eng yaxshi ssenariy – “Rangsiz tushlar” filmi uchun Umid Hamdamov;

 

Eng yaxshi operatorlik ishi – “Ilhaq” filmi uchun Jahongir Ibragimov;

 

Eng yaxshi rejissyorlik ishi – “Rangsiz tushlar” filmi Аyyub Shahobiddinnov;

 

Eng yaxshi ayol roli – “Ilhaq” filmi uchun Dilorom Karimova;

 

Eng yaxshi erkak roli – “Ibrat” filmi uchun Karim Mirhodiev;

 

Tomoshabin mehrini qozongan film – “Qor yogʼmoqda, oppoq qor”, rejissyor Rixsivoy Muhammadjonov;

 

Yilning eng yaxshi filmi – “Ilhaq” filmi, rejissyor Jahongir Аhmedov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//