Sport
Seul shahrida OFK tomonidan oʻtkazilayotgan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev qitʼaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.
Maʼlumot uchun, ushbu sovrinni qoʻlga kiritish uchun 3 nafar nomzod koʻrsatilgan edi:
▪️ Abbosbek Fayzullayev (Oʻzbekiston)
▪️ Gaku Nakavata (Yaponiya);
▪️ Baye Jun Xo (Janubiy Koreya).
Yakunda Fayzullayev bu sovrinni qoʻlga kiritadigan boʻldi.
Fayzullayev ushbu mavsumda Qatarda boʻlib oʻtgan U-23 Osiyo Kubogi va Olimpiadada ishtirok etdi. Shuningdek, u Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida hamda Moskvaning SSKA jamoasi tarkibida ham yaxshi harakat qilib, muxlislar olqishiga sazovor boʻldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q