Jahon
25-oktyabr kuni Qirgʻiziston Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) spikeri Nurlanbek Shakiyev mamlakat madhiyasi qayta yozilishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, joriy madhiya Sovet ittifoqi parchalangan davrda tasdiqlangan boʻlib, uni kuylash murakkab boʻlgani uchun barcha qirgʻizlar ham ayta olmagan. Endigi madhiya esa sodda, birinchi sinf oʻquvchisidan to 85-90 yoshli qirgʻizgacha aytoladigan darajada oddiy boʻlishi kerak.
“Endi biz toʻlaqonli oyoqqa turgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyani butun mamlakat fuqarolari kuylay oladigan madhiyaga oʻzgartirishimiz kerak. Bu Joʻqorgʻi Kengesining huquqi va burchidir” — deydi Shakiyev.
Maʼlumot uchun, Qirgʻiziston Respublikasi bayrogʻini oʻzgartirish tashabbuskori ham spiker Nurlanbek Shakiyev boʻlgan.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91290
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q