Maktab kutubxonasidan olingan kitob 113 yildan so‘ng qaytarildi

Saqlash
11:03 / 21.10.2024 304 0

Angliyaning Kambriya grafligidagi maktablardan birida 1911-yilda olingan kitob oradan 113 yil oʻtib qaytarib berildi.

 

U Jorj Bayronning asarlari toʻplami boʻlib, kitob Leonard Yubank tomonidan maktabni bitirish arafasida olingan.

 

Oʻquvchi Yubank 1983-yilda tavallud topgan boʻlib, 1911-yilda maktabni tugatgan hamda Oksforddagi Queen's kollejida oʻqishini davom ettirgan.

 

1915-yilda esa koʻzida nuqsoni boʻlishiga qaramay urushga olib ketilgan va 1916-yil 23-fevralida boshiga otilgan oʻqdan vafot etgan.

 

Halok boʻlgan jangchi xotirasiga uning nomi oʻzi bitirgan maktab faxriy yorligʻiga kiritilgan. Yorliq ostiga esa “jasur, halol va sodiq ingliz” deb yozib qoʻyilgan.

 

Oradan bir asrdan ortiq vaqt oʻtgach oʻquvchi olgan kitob Uels janubidagi Karmartenshir shahridan topilgan. Koʻk rangli mato bilan oʻralgan kitobning ichiga Leonard Yubank ism-sharifi hamda 1911-yil 25-sentyabr sanasi yozilgan edi.

 

Izlanishlar davomida Yubank 1902–1911-yillarda Kambriya grafligidagi Sent-Bees maktabida tahsil olgani maʼlum boʻldi va kitob asosli tarzda maktabga qaytarildi. Endilikda Jorj Bayronning qachonlardir chop etilgan ushbu asarlari toʻplami “maktab tarixining bir parchasi” sifatida qadrlanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//