Qozogʻistonda Oʻzbek tili bayrami oʻtkazildi

Saqlash
17:00 / 17.10.2024 189 0

Qozogʻistonning Chimkent shahrida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 

Dunyo axborot agentligi xabariga koʻra, tadbir Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi koʻmagida oʻtkazilgan. Maʼrifiy kechada Chimkent shahridagi Oʻzbek etnomadaniy markazi rahbarlari va faollari, mazkur hududda tahsil olayotgan vatandoshlar qatnashdi.

 

 

Bosh konsul Raushanbek Matchanov tadbirning ochilish qismida ishtirokchilarni ushbu qutlugʻ sana bilan tabriklab, oʻzbek tilining obroʻsini xalqaro maydonda yanada oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib oʻtdi. Matchanov shuningdek, ikki xalqning tarixiy birligi hamda anʼanaviy doʻstona munosabatlarni alohida taʼkidladi.

 

 

Oʻzbekiston bosh konsuli millatlararo totuvlikni qoʻllab-quvvatlash va qardosh xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbek etnomadaniy markaziga, oʻzbek jamoatchiligini qoʻllab-quvvatlagani uchun mahalliy hokimiyat idoralariga minnatdorlik bildirildi.

 

Bayram davomida oʻzbek va qozoq sanʼat ustalari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Shuningdek, tadbirda Shimkentdagi Oʻzbek etnomadaniy markazi koʻmagida milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//