Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Saqlash
11:18 / 15.10.2024 231 0

Oybek Elmuratov Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktoriga oʻrinbosar boʻldi.

 

Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

 

Elmuratov 1999-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “Oʻzmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.

 

Keyinchalik u Moliya vazirligida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari hamda Yoʻl jamgʻarmasi boshligʻi oʻrinbosari, BMTning Oʻzbekistondagi loyiha menejeri, “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshligʻi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshligʻi kabi qator masʼul vazifalarda mehnat qilgan.

 

Tayinlovga qadar Elmuratov Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//