Iqtisod
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Mukofot Daron Ajemog‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga “institutlarning qanday shakllanishi va farovonlikka qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi” bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun berilgan.
Asosiy nominatsiyalardan farqli ravishda ushbu mukofotni Alfred Nobel xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki ta’sis etgan. Mukofot iqtisodiyot sohasidagi yutuqlar uchun taqdim qilinadi.
1968-yilda Shvetsiya banki tomonidan ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha mukofot laureatlarining e’lon qilinishi Nobel haftaligini yakunladi. Mukofotlar egalariga 10-dekabr, Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi. Mukofotning pul ekvivalenti — 11 million shved kroni — bu joriy kurs bo‘yicha 1 million AQSH dollaridan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.
Ma’lumot uchun Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” kitobi mualliflari hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q