Koʻngilli talabalar uchun yugurish musobaqasi oʻtkaziladi

Saqlash
17:18 / 11.10.2024 925 0

OTM talabalari uchun 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda “Talaba – yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

 

Bundan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga, doimiy sport bilan shugʻullanishga targʻib qilishdir. Musobaqalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkaziladi.

 

Bunda bellashuv bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsumlarda boʻlib oʻtadi.

 

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

▪️ 1-oʻrin – 5 mln soʻm;

▪️ 2-oʻrin – 3 mln soʻm;

▪️ 3-oʻrin – 2 mln soʻm.

 

Musobaqani uyushtirish va natijalarni qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 30
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 76
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//