Iqtisod
Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Abror Mirzo Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valutani tartibga solish, xalqaro zaxiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini ham muvofiqlashtiradi.
Abror Mirzo Olimov 1988-yilda tug‘ilgan. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020-yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan. U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q