
Sport
“Agar uchinchi marta sogʻligim sabab termani tark etsam, boshqa qaytib kelmayman”. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes 5-iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida sogʻligi haqida berilgan savollarga mana shunday javob bergan edi.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda uning kasalligi kuchaygani haqida “mish-mish“lar tarqalmoqda. Xabarlarda Katanes 10-, 15-oktyabr kunlari jamoaga yordam berolmasligi, uning oʻrniga futbolchilarni Temur Kopadze maydonga olib tushishi haqida aytiladi.
Biroq tez oʻtmay bu mazmundagi gaplar oʻz tasdigʻini topmadi. Sababi, Katanes bugun, 7-oktyabr kuni Toshkentga yetib kelishi oydinashdi.
Terma jamoaga Kapadzening bosh murabbiy boʻlishi haqidagi “mish-mish”lar ham OʻFA rasmiylari tomonidan rad etildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-oktyabr kuni Eronga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, soat 19:00 dan boshlanadi. Hozirda barcha chiptalar sotilib boʻlingan.
BAA bilan boʻladigan oʻyin esa 15-oktyabrga rejalashtirilgan.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q