Ilm-fan
Mazkur oyda fransiyalik olim, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol ilk marotaba Oʻzbekistonga kelmoqda.
Olim iqtisodiyotning sanoat boshqaruvi, moliya, makroiqtisodiyot va bank boshqaruvi sohalarida kuchli bilim va tajribaga ega boʻlib, asosan, ushbu yoʻnalishlarda tadqiqot olib boradi.
Xabarga koʻra, Jan Tirol ishtirokida 14-oktyabr kuni talabalar, biznes egalari, olimlar va iqtisodiyot sohasi ishbilarmonlari uchun ochiq maʼruza tashkil etiladi.
Uchrashuvda olim bilan monopoliyalarni boshqarish va xalq farovonligiga erishish mavzularida ham suhbat uyushtirilishi kutilmoqda.
Tadbir oʻzbek va rus tillarida sinxron tarjima qilinadi.
Maʼlumot uchun, uchrashuv soat 15:00da “Intercontinental Hotel Tashkent ” mehmonxonasida (Trilliant) boshlanadi.
Unda qatnashishni istaganlar chiptalarni iticket.uz saytidan onlayn xarid qilishi mumkin.
Jahon
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112426
Jamiyat
95084
Jamiyat
91302
Jamiyat
76002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q