Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini ko‘paytirdi

Saqlash
13:53 / 03.10.2024 149 0

Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelishi 2024-yilning yanvar—avgust oylarida 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin ma’lum qilgan.

 

Sorokin Federatsiya Kengashi va Qozog‘iston Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning 22-yig‘ilishida so‘zga chiqib, 2024-yilda O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshganini taʼkidlagan va qozog‘istonlik hamkorlarga asosli yondashuv uchun minnatdorlik bildirgan.

 

2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan neft hajmi 154,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil oxiriga kelib bu hajmni 500 ming tonnadan ortiqroqqa yetkazish rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//