Jamiyat
Ilm-fan
Ushbu tadbir Britaniya muzeyida 2024-yil 26-sentabrdan 2025-yil 23-fevralgacha bo‘lib o‘tadi.
Bu ko‘rgazma Britaniya muzeyi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasidagi Oʻzbekiston arxivlari bilan uch yillik mehnatdan soʻng yakunlangan ilk hamkorlik samarasi boʻldi.

Yu-Ping Lyuk kuratorligidagi koʻrgazma 29 ta kolleksiyaning 300 dan ortiq eksponatlaridan iborat bo‘lib, Ipak yoʻli tarixi mobaynida mavjud boʻlgan oʻzaro madaniy aloqalarga urgʻu beradi. Namoyishga qo‘yilgan buyumlar orasida Afrosiyob, Varaxsha saroylari va Kofirqal’a qoʻrgʻoniga mansub rangtasvir panno parchalari, Samarqand viloyatidan uy-ro‘zg‘or buyumlari va shaxmat donalari ham bor. Qopqoqli suyakdon, so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za va boshqa noyob arxeologik topilmalar alohida diqqatga sazovordir.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111481
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74977
Jamiyat
//
Izoh yo‘q