Sport
Ijtimoiy tarmoqlarda Parij Olimpiadasi gʻolibi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Prezident tomonidan sovgʻa qilingan Tahoe avtomobilini (davlat raqami 01 Z 001 ZZ) shahar hududida soatiga 110 km tezlikda boshqargani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat internet foydalanuvchilarining muhokamalariga sabab boʻldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganovning oldinroq bergan xabarida chempion egaligidagi avtomobil shahar boʻylab qidiruvga berilgani aytilgan edi.
U “qonun hamma uchun birligi, har bir huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik muqarrar“ligini taʼkidlagan va tez orada avtomobil topilib, chora koʻrilishi, bu haqida esa jamoatchilikka rasmiy kanallar orqali maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXBning tushdan keyingi bergan maʼlumotiga koʻra, tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirib harakatlangan Tahoe avtomashinasi haydovchisiga chora koʻrilgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001-yilda tugʻilgan M.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi“, deb yoziladi Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
Shuningdek, xabar yakunida fuqarolardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari soʻralgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q