Sport
Vengriyaning Budapesht shahrida 189 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi. Musobaqada munosib kurashgan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medaliga sazovor boʻldi.
Jamoaviy bellashuvlarda gʻoliblik hindistonlik shaxmatchilarga nasib etgan boʻlsa, AQSh grossmeysterlari kumush medal bilan taqdirlandi. Uchinchi oʻrin esa Oʻzbekistonga nasib qildi.
Shuningdek, individual yoʻnalishlarda ham oʻzbekistonlik shaxmatchilar sovrinlarga ega chiqdi:
▪️ Shamsiddin Vohidov (4-taxta) – 1-oʻrin;
▪️ Nodirbek Abdusattorov (1-taxta) – 2-oʻrin;
▪️ Nodira Nodirjonova (5-taxta) – 2-oʻrin.
Maʼlumot uchun, bundan 2 yil muqaddam Hindistonda oʻtkazilgan shaxmat Olimpiadasida oʻzbekistonlik shaxmatchilar chempionlikka erishgan edi.
Shu hisobda, Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi qatorasiga ikkinchi bor sovrindor boʻlmoqda.
Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi esa 170 ta jamoa orasida 12-oʻrinni egalladi.
Yakkalik bahslarda 5-taxtada dona surgan Nodira Nodirjanova 2-oʻringa loyiq topilib, musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Kelgusi musobaqaga, 2 yildan soʻng, Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109776
Jamiyat
94152
Jamiyat
89956
Jamiyat
73147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q