Jahon
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 18-sentyabr, chorshanba kuni Isroil oʻz kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqishini talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Falastin davlati hamda boshqa oʻnlab davlatlar hamkorligida qabul qilingan rezolyutsiyani 124 ta davlat delegatsiyalari yoqlagan boʻlsa, 43 davlat betarafligini bildirgan. 14 davlat esa qarshi chiqqan.
Rezolyutsiyani qabul qilgan davlatlar orasida Oʻzbekiston ham bor.
Xabarga koʻra, Xalqaro Adliya Sudining maslahat xulosasiga tayangan holda, hujjatda Isroildan “bosib olingan Falastin hududidagi noqonuniy harakatlariga zudlik bilan chek qoʻyish” talab qilingan. Talabni “mazkur rezolyutsiya qabul qilinganidan keyin 12 oydan kechikmay” bajarish koʻrsatilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q