Prezident yer sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha Bosh prokuratura tegishli masʼullarining faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini taʼkidladi

Saqlash
23:26 / 21.12.2021 876 0

Prezident yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilishda sohada qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha masʼullarning faoliyatidan mutlaqo norozi ekanligini taʼkidladi.

 

“Hokimlar bir narsani oʻziga yozib olsin. Dehqon xoʻjaligi uchun yerlar faqat tanlov asosida ushbu mahallada yashaydiganlarga, «daftarlar”ga kirganlarga, dehqonchilik tajribasiga ega boʻlganlarga ustuvorlik asosida beriladi», dedi Prezident.

 

Shu bois, viloyat hokimlariga bir oy muddatda kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni, eng avvalo, zaxiraga qaytargan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazib, lotlarga boʻlib, tanlovga chiqarish topshirigʻi berildi.

 

Davlatimiz rahbari yer sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha Bosh prokuratura tegishli masʼullarining faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini taʼkidladi.

 

“Qonun bilan hamma vakolatlar belgilab berildi, javobgarlik bir necha karra kuchaytirildi. Lekin, amal qani?”, deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//