Boxrec.com portali jahonning eng kuchli bokschilari reytingini eʼlon qildi

Saqlash
14:55 / 20.09.2024 443 0

Boks va yakkakurash turlariga ixtisoslashgan eng nufuzli boxrec.com portali, vazn toifasidan qatʼi nazar, jahonning eng kuchli bokschilarining yangi reytingini eʼlon qildi, deb xabar berdi Sport vazirligi.

 

Maʼlum boʻlishicha, kuchli oʻnlikning oʻziga oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalarining 4 nafari kiritilgan.

 

Jumladan, havaskorlar boksida barcha nufuzli turnirlarda bir necha marotaba gʻolib boʻlgan Bahodir Jalolov reytingning eng yuqorisan joy olgan. 30 yoshli bokschi faoliyati davomida 124 ta rasmiy uchrashuv oʻtkazib, shundan 109 tasida gʻolib chiqqan.

 

Maʼlumot uchun, Jalolov oʻta ogʻir vazn toifasida Olimpiya oʻyinlarida ikki marotaba chempionlikka erishgan jahon boksi tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi.

 

Roʻyxatning 2-oʻrinini 24 yoshli Abdumalik Xalakov band qilgan. U havaskorlar oʻrtasida 94 ta bellashuvdan 80 tasida gʻolib chiqqan. Shuningdek, Xalakov yosh boʻlishiga qaramay, amaldagi jahon va olimpiya chempioni sanaladi.

 

Keyingi pogʻonalardan Gabil Mamedov(Rossiya, 3-oʻrin), Muslim Gadjimagomedov (Rossiya, 4-oʻrin) hamda Oleksandr Xijnyak (Ukraina, 5-oʻrin) oʻrin olgan.

 

Ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Doʻsmatov esa kuchlik 10 likning 6-pogʻonasiga loyiq koʻrilgan. “Professor” laqabi bilan tanilgan Doʻsmatov oʻzi ishtirok etgan 137 ta jangdan 124 tasida raqiblari ustidan gʻolib chiqqan.

 

Taʼkidlash lozim, havaskor boksda u yutmagan sovrin qolmagan. Doʻsmatov 2016-yili Braziliyadagi Olimpiya oʻyinlarida eng zoʻr texnikasi uchun berilgan Vel Barker kubogini ham oʻzida saqlab kelmoqda.

 

Roʻyxatning 7-oʻrinini Lazizbek Mullajonov egallagan. Uning hisobida 61 ta gʻalaba va 11 ta magʻlubiyat bor.

 

Mullajonov jahon chempionati sovrindori va Parij Olimpiadasining ogʻir vazndagi chempionidir.

 

Bundan tashqari, keyingi oʻntalikni ham oʻzbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev boshlab beradi (11-oʻrin). 23 yoshli jahon va olimpiya chempioni hisobida hozircha 53 ta gʻalaba va 8 ta magʻlubiyat bor.

 

 

Parij Olimpiadasi ishtirokchisi, jahon chempioni Ruslan Abdullayev esa umumiy reytingda 17-qatorda bormoqda.

 

Uchinchi oʻnlik ham oʻzbekistonlik sportchilar nomi bilan boshlanadi. Xususan, Mirazizbek Mirzaxalilov va Mujibullo Tursunov portal ekspertlari tomonidan 21- va 22-qatorga loyiq topilgan.

 

Shu bilan birga, TOP-100 talikka kirgan oʻzbekistonliklar bokschilar quyidagilar:

▪️ Saidjamshid Jaʼfarov (40-oʻrin);

▪️ Toʻrabek Habibullayev (47-oʻrin);

▪️ Havasbek Abdullayev (50-oʻrin);

▪️ Jahongir Zokirov (82-oʻrin);

▪️ Iqboljon Xoldorov (91-oʻrin).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//