Ilm-fan
Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratishga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno.
Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim krediti ular to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida, o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa ular to‘g‘risidagi ma’lumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lgan taqdirda ajratiladi.
Hukumatning ushbu qarori prezidentning 2024-yil 27-maydagi farmoni asosida qabul qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Hujjat 17-sentyabrdan kuchga kirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q