Paralimpia gʻoliblariga uylar qaysi manba hisobidan berilgani maʼlum boʻldi

Saqlash
17:49 / 16.09.2024 469 0

Toshkent shahar hokimi Hukumatning joriy yil 9-sentyabrdagi “2024-yil Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni munosib taqdirlash toʻgʻrisida”gi 558-son qarori ijrosini taʼminlashga doir qarorini imzolagan, deya xabar beradi Xabar.uz nashri.

 

Hujjatga koʻra, Parij-2024 yozgi Paralimpia oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan para-atletlar uy-joylar sovgʻa tariqasida berilgan boʻlib, mulklar “Mahalla” xayriya jamoat fondining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobidan homiylik xayriya mablagʻlaridan olingan.

 

Shuningdek, qarorda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarni bir martalik pul mukofoti hamda yengil avtomobillar bilan taqdirlash va ularni tayyorlagan trenerlarga bir martalik pul mukofoti taqdim qilish ham nazarda tutilgan.

 

Maʼlumot uchun, Olimpia va Paralimpia shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimida gʻolib va sovrindor sportchilarga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari miqdori (chempionlarga 200 ming dollari, kumush medal sohiblariga 100 ming dollar, bronza medal sovrindorlariga esa 50 ming dollar) maʼlum qilingan edi.

 

Hukumatning yuqoridagi qarorida sportchilarga berilgan uy-joylar hamda yengil avtomobillar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi” sifatida mulk huquqi asosida sportchilarga bepul berilishi belgilangan.

 

Eslatma! Milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sugʻurta badallari hisoblanmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//