Sport
Koʻksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Paralimpiya oʻyinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.
Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan oʻz nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”, degan davlat rahbari soʻzining avvalida.
Maʼlumot uchun, bu yilgi Parij-2024 yozgi Paralimpia oʻyinlarida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etdi. Bu esa ushbu xalqaro sport anjumanining qanchalik nufuzli va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.
“Shu maʼnoda, Paralimpiya oʻyinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, toʻgʻri boʻladi.
Siz, azm-u shijoatli farzandlarimiz gʻoyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”, degan Prezident.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni, Osiyo qitʼasida 3-oʻrinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha 1-oʻrinni egallagani taʼkidlandi. Bu yilgi rekord natija Oʻzbekiston Paralimpia oʻyinlari tarixida hech qachon boʻlmagani qayd etildi.
“Albatta, Paralimpiadada erishilgan har bir yutuq, har bir natija beqiyos ahamiyatga ega. Chunki toʻrt yilda bir marta oʻtadigan bunday yirik xalqaro musobaqa orqali dunyo hamjamiyati har bir qatnashchi mamlakatda insonning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini roʻyobga chiqarishga qanday eʼtibor qaratilayotganiga baho beradi.
Shu bois, sizlar tarixiy yutuqlaringiz bilan Oʻzbekiston shaʼnini, yurtimiz nufuzini yuksak bosqichga olib chiqdingiz, desak, haqiqatni aytgan boʻlamiz” deya Shavkat Mirziyoyev musobaqalarda erishilgan natijalarga urgʻu bergan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q