Sport
Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva paralimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston jamoasi dunyo boʻyicha eng kuchli 15 talikka kirdi.
“Biz 168 davlat orasida 13-oʻrinni egalladik. Musobaqalarda qatnashgan va bayrogʻimizni sharaf bilan himoya qilgan sportchilar – har biringiz bizni lol qoldirgan haqiqiy qahramonsiz!” - deydi prezident yordamchisi.
U jamoa medallarining deyarli yarmini qoʻlga kiritgan qizlarga esa alohida minnatdorlik bildirdi.
“Sizning jasoratingiz, kuchingiz, shijoatingiz bizga gʻurur va ilhom bagʻishlaydi! Siz imkonsiz narsaning oʻzi yoʻqligini yana bir bor isbotladingiz.
Butun mamlakat qalban siz bilan birga! Siz bilan faxrlanmoqda va quvonchingizga sherik boʻlmoqda. Biz siz bilan kuchlimiz! Ming rahmat!” - deydi Saida Mirziyoyeva.
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
110160
Jamiyat
94335
Jamiyat
90216
Jamiyat
73595
Jamiyat
//
Izoh yo‘q