“Matbuot uyi” sotilmaydigan bo'ldi

Saqlash
17:37 / 21.12.2021 939 0

“Matbuot uyi” nomi bilan mashhur boʻlgan va hozirda sotuvga qoʻyilgan bino sotilmaydigan boʻldi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bir guruh bosma matbuot nashrlari bosh muharrirlari bilan boʻlgan uchrashuvda maʼlum qilgan.

 

Prezident matbuot kotibi “Matbuot uyi” nomi bilan mashhur boʻlgan va hozirda sotuvga qoʻyilgan bino uzil-kesil sotuvdan olingani hamda bino kelgusida ommaviy axborot vositalari, jumladan, bosma nashrlarga qoldirilishini aytib oʻtgan.

 

Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, ushbu masala Prezident tomonidan nazoratga olingan va  bino zamonaviy talablar asosida qayta quriladi, hamda ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Jurnalistlar uyushmasi foydalanishi uchun topshiriladi.

 

Bundan tashqari, uchrashuvda OAV, bosma nashrlar hamda Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus qaror loyihalari tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, bir muddat avval Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati ushbu bino uchinchi marta sotuvga qoʻyilganini eʼlon qilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//