Jamiyat
Soʻnggi vaqtlarda koʻpchilikka nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqishga taklif qilish boʻyicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.
Mazkur holat boʻyicha Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) rasmiy bayonot berdi.
Unga koʻra, bu holat nafaqat joriy yilda, balki oʻtgan yillarda ham kuzatilgan. Bundan tashqari, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, agentlik xodimlariga ham joʻnatilgan.
Bayonotda mazkur holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilingan:
▪️ Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaydi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno).
▪️ Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi taʼminlangan boʻlib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning maʼlumotlari qoʻlga kiritilmagan.
Xabarga koʻra, fuqarolardan firibgarlikning yangi koʻrinishi sifatida tarqalayotgan bunday ishonchsiz manbalardan foydalanmaslik va turli manbalarga shaxsiy maʼlumotlarni kiritmaslik soʻralmoqda.
Agar holat yuzasidan shubha boʻlsa, agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish oʻtkazilishiga tayyorligini bildirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q