Siyosat
Kuni kecha poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan 574-sonli “Quvonch” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan yana bir xayrli amalga qo‘l urildi.
O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining Yakkasaroy tumani deputatlar guruhi rahbari Ahmad Nekboyev, sahovatpesha tadbirkor Ollohyor Abdujabborov tomonidan imkoniyati cheklangan, tayanch tizimida nuqsoni bo‘lgan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga tibbiy jihozlar, televizor, ortopedik anjomlar tuhfa etildi.
Xayriya tadbirida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Baxtiyor Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Dadajonov va jurnalist Sayyora Abdullayeva ishtirok etdi.
“Ularga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik albatta, natija beradi, sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, to‘shakka mixlanib qolgan bemorlarga ham o‘zlarining mustaqil yurish imkoniyatini beradi. Doimiy g‘amxo‘rlik, muntazam reabilitasiya muolajalari zarur”, deydi biz bilan suhbatda ortoped-shifokor Sardorbek.
Ishonamizki, bu kabi xayrli tadbirlari an’ana tusini olib, davom ettiriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q