
Siyosat
Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 2 – 3-sentabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya boʻyicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etdi.
Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollarga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, raqamli koʻnikmalarni oʻqitishni taʼminlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya boʻyicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash boʻyicha masalalar muhokama qilingan.
Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga oʻzaro sunʼiy yoʻldoshlar guruhini uchirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini oʻrganish ham rejalashtirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q