Ilm-fan
Hisor davlat qoʻriqxonasi hududidan qoramtir qoʻngʻizlarning fan uchun yangi turi kashf qilindi, deb xabar berdi oʻzbekistonlik yosh entomolog tadqiqotchi Norbek Bekchanov.
Maʼlum boʻlishicha, yangi tur qora qoʻngʻizlar (Terebnionidae) oilasiga vakillarni oʻrganish vaqtida topilgan.
Uning nomi Prosodes (Uroprosodes) chigrayi deb atalgan.
“Turning nomi doʻstim, hamkasbim Ivan Chigray sharafiga nomlandi. Ivan Chigray shu guruh boʻyicha kuchli mutaxassis”, deya yangi turning nomlanishiga izoh bergan Bekchanov.
Xabarga koʻra, 𝘗𝘳𝘰𝘴𝘰𝘥𝘦𝘴 urugʻi mamlakatimizda juda yuqori bioxilma–xillikka ega boʻlib, uning qariyb 86 turi uchraydi. Endi esa bu hasharot oilasining mamlakatdagi turi yana bittaga koʻpaygan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q