OTM’larning superkontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Saqlash
17:13 / 29.08.2024 1476 0

O‘zbekiston oliygohlarining 2024/2025-o‘quv yili uchun superkontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

2024/2025-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

 

 

Bunda, superkontrakt miqdori yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Miqdori nisbatan past bo‘lgan yo‘nalishlarga arxeologiya, kimyo, geografiya, fizika, matematika, energetika muhandisligi kabilar kiradi. Bu yo‘nalishlarda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 6 baravarini tashkil etadi.

 

 

Eng “qimmat” sohalarga esa bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 19 baravari belgilangan. Bundan yo‘nalishlarga yurisprudensiya hamda davlat va jamiyat boshqaruvi kiradi.

 

 

 

 

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizli chegirma beriladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//