Vazir Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari qanday ragʻbatlantirilishini maʼlum qildi

Saqlash
16:22 / 29.08.2024 1554 0

28-avgust kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

 

Anjuman davomida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari gʻoliblari ikki xil standart asosida ragʻbatlantirilayotgani hamda mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama boʻlayotganini aytib oʻtdi. Bloger ushbu holat yuzasidan vazirlik rahbariyatining munosabatini soʻradi.

 

“Avvallari fan olimpiadalarida yutgan oʻquvchilar faqat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan. 2019-yildagi Prezident qarori bilan esa fan olimpiadalari, xususan jahon olimpiadalarida yutgan oʻquvchilarimizni ham ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

 

Nafaqat oʻquvchi yoshlarga balki ularning ustozlari ham ragʻbatlantiriladi. Bu tizim asosan 5 yoʻnalishdagi fan olimpiadalari uchun ishlaydi. Qarorga koʻra xalqaro IT yoʻnalishi, matematika, fizika, kimyo hamda biologiya fan olimpiadalarida birinchi oʻrin olgan, oltin medal sohibiga BHM 500 barobar miqdorida taqdirlanadi. Kumush medal sovrindorlari 300 barobar, bronza medal uchun esa 200 barobar taqdirlanish belgilab qoʻyilgan.

 

Toʻgʻri, koʻp hollarda sport musobaqalari va fan olimpiadalari bir xil vaqtda oʻtkaziladi. Ammo bir narsaga eʼtibor qaratish lozimki, fan olimpiadalari har yili boʻladi. Olimpiada esa 4 yilda bir marta oʻtkaziladi”, deya javob berdi vazir Hilola Umarova.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//