Hilola Umarova Oʻzbekistonda maktablar yetishmovchiligi muammosiga munosabat bildirdi

Saqlash
23:46 / 28.08.2024 1155 0

28-avgust kuni  “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

 

Xususan, "Oyina.uz" bosh muharriri Inobat Ahatova shunday savol berdi:

 

Doimiy baxslarimizdan biri, qaysi yoʻnalishga mablagʻ ajratilmasin, “bu pulga 10-20 ta maktab qursa boʻlardi” degan eʼtirozlar bildiriladi. Bular bekorga emas. Haqiqatdan ham, tugʻilishlar soni oʻsib bormoqda, lekin maktablar bunga mos ravishda koʻpaymayapti. Bir sinfda 40-45 talab oʻquvchilar oʻqiyotgan holatlar ham bor. Savolim: Maktablarni sonini aholiga mos ravishda oshirish boʻyicha qanday ishlanmoqda?

 

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova javob berdi:

 

Haqiqatan ham, oʻquvchi oʻrniga katta ehtiyoj bor. Birgina misol: bu yil bizda 398 mingga yaqin oʻquvchilar maktabni bitirdi. Lekin joriy yil hisobidan 1-sinfga rejaga koʻra 719 ming nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Shundan bilish mumkinki, yana 2 karra koʻproq oʻquvchi oʻrniga ehtiyoj bor.

 

Hozirgi kunda Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimida bir yarim yildan buyon har bir hudud kesimida 1, 2 va 5-yilga qadar qancha maktablarga qoʻshimcha bino qoʻshish kerakligi boʻyicha demografik analitiklar guruhi tashkil qilingan.

 

Alohida taʼkidlash kerakki, bu yilgi Investitsiya dasturida ham 181,5 ming oʻquvchi oʻrni qurib, bitirish reja qilingan. Oʻtgan yili 118 ming oʻquvchi oʻrni yaratilgan edi. Yaʼni, raqamlar yildan yilga oshib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//